Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jizzax viloyat kengashi haqida
MA’LUMOT


1. Tashkilotning to‘liq nomi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jizzax viloyat kengashi

2. Tashkilotning qisqartirilgan nomi
Jizzax viloyat mahallalar kengashi

3. Jizzax viloyat mahallalar kengashining pochta manzili
Jizzax viloyat Jizzax shahar S.Xamraqo`lov ko‘chasi “Mahalla markazi” binosi indeks 708000

4. Jizzax viloyat mahallalar kengashi faoliyatini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4944-sonli Farmoni

5. Jizzax viloyat mahallalar kengashi Davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi va guvohnoma raqami
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan 2017 yil 7 avgust 138-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan

6. Jizzax viloyat mahallalar kengashining STIR raqami
207260434

7. Jizzax viloyat mahallalar kengashining tashkiliy-huquqiy shakli va KTUT raqami
Uyushma, KTUT raqami 27271247

8. Jizzax viloyat mahallalar kengashining Bank rekvizitlari
Turon aksiyadorlik tijorat banki Jizzax filiali, MFO 00982, xisob raqami: 20212000800797687001

9. Jizzax viloyat mahallalar kengashining veb-sayti va elektron pochtasi
E-mail: info.jizzax@rmk.uz 
Veb-sayti: www.jizzax.mahallakengashi.uz 
Exat.uz: jiz.mahallafond@exat.uz

10. Jizzax viloyat mahallalar kengashining rahbar organlari
  • Jizzax viloyat kengashi konferensiyasi
  • Jizzax viloyat kengashi 
  • Jizzax viloyat kengashi boshqaruvi

10.1. Jizzax viloyat mahallalar kengashining raisi  va saylangan sanasi
Saliev Ergash Alibekovich – Jizzax viloyat hokimi (jamoatchilik asosida)
2017 yil 4 may

10.2. Jizzax viloyat mahallalar kengashi boshqaruvi raisi va saylangan sanasi
Sattarov Abdumajid Sattarovich 
2017 yil 4 may
Tel: (0372) 226-53-59

10.3. Jizzax viloyat mahallalar kengashining Taftish komissiyasi tarkibi:
  • Kamolov Meliboy Normatovich – Jizzax viloyat, Jizzax shahar «Jizzaxlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, viloyat taftish komissiyasi raisi;
  • Sheraliyev Abduvoxid Abdusattarovich – Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «Samarqandquduq» qishloq fuqarolar yig‘ini mas`ul kotibi, viloyat taftish komissiya a’zosi
  • Isomiddinov Baxriddin Muxammadqulovich – Jizzax viloyati Zomin tumani «Mahalla» xayriya jamoat fondi Zomin tuman bo`linmasi bosh hisobchisi, viloyat taftish komissiya a’zosi

11. Jizzax viloyat mahallalar kengashining faoliyat sohasi
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va ularning faoliyatida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.

12. Jizzax viloyat mahallalar kengashining maqsadi: 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishdan iborat.

Boshqaruv organlari
Hajmi: 72.50 КБ
Format: doc

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech