Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jizzax viloyati fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha kengashining tashkiliy yig’ilishi

1-SONLI BAYONI

2017 yil « 04» may                                                                              Jizzax shahar


Raislik qiluvchi:

S.Umurzoqov

Hay’at raisi:

Viloyat hokimi, Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyat kengashi raisi, Uzakov Ulug’bek Yuldashevichga

Ishtirok etganlar:

“Mahalla ziyosi” Respublika o’quv uslubiy markazi direktori B.Yunusov, O’zbekiston Kasaba uyushmalari tashkilotlari fediratsiyasi raisi Q.Rafiqov, Moliya, Ichki ishlar, Mehnat, Xalq ta’limi, Sog’liqni saqlash boshqarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamg’armasi, Xotin-qizlar qo’mitasining viloyat tuzilmalari rahbarlari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari hamda tuman (shahar)lardagi fuqarolar yig’inlarining ishonchli vakillari va delegatlar (ro’yxat bo’yicha)


KUN TARTIBI: 

 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4944-sonli Farmoni mazmun-mohiyati va uning ijrosini ta’minlash bo’yicha mahalla fuqarolar yig’inlari hamda tegishli hamkor tashkilotlar oldida turgan dolzarb vazifalar haqidagi Jizzax viloyati hokimining ma’ruzasi

2. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashini tuzish va a’zolarini tasdiqlash.

3. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyat kengashi Namunaviy nizomini muhokama qilish.

4. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi Taftish komissiyasi raisi va a’zolarini saylash.

5. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi ijro apparatining tuzilmasi (strukturasi)ni tasdiqlash.

6. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi raisi, birinchi o’rinbosari hamda raisning yoshlar ishlari bo’yicha o’rinbosari, diniy-ma’rifiy masalalar bo’yicha o’rinbosari, keksalar va faxriylar ishlari bo’yicha o’rinbosarlari, Kengash kotibini tasdiqlash.

7. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashi ta’sis konferensiyasida ishtirok etish uchun delegatlar saylash.

8. Hududiy kengashlar qoshida jamoatchilik nazorati guruhini tashkil etish to’g’risida.

9. Shahar va tumanlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sharoiti og’ir bo’lgan mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo’yicha “yo’l xaritasi”ning mazmun-mohiyati to’g’risida.

Yig’ilishni Baxmal tumani “Baxmal” qishloq fuqarolar yig’ini raisi S.Umurzoqov olib bordi.

Yig’ilish raisi ishtirokchilarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.

Yig’ilish raisi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4944-sonli Farmoniga to’xtalib, ushbu Farmon bilan fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini yanada oshirish, fuqarolar yig’inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini ro’yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilab berilganligini ta’kidladi.

Shuningdek, yig’ilishda Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda fuqarolar yig’inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasini yuklash nazarda tutilganligiga to’xtalib o’tildi.

Yig’ilishda Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi o’rinbosarlari bir vaqtning o’zida O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo’limlari, tumanlar va shaharlar bo’linmalariga raislik qilishlari belgilab qo’yilganligi haqida ma’lumot berildi.

Raislik qiluvchi Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo’yicha rais o’rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo’yicha rais o’rinbosarlari lavozimlari joriy etilganligi, Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashining tashkiliy tuzilmasi, hududiy kengashlarning namunaviy tuzilmasi tasdiqlanligini ta’kidlab o’tdi.

Shu bilan birgalikda, Farmon bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar” Dasturining 16-bandida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy kengashlarning tashkiliy yig’ilishlari hamda Respublika Konferensiyasini o’tkazish nazarda tutilganligi, bunda Respublika kengashi va hududiy kengashlar kollegial organlari tarkibiga tegishincha Moliya, Ichki ishlar, Mehnat, Xalq ta’limi, Sog’liqni saqlash, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamg’armasi, Xotin-qizlar qo’mitasi, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining rahbar xodimlarini jamoatchilik asosida kiritilishi haqida yig’ilish ishtirokchilariga ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, yig’ilishda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yig’ilishni olib borish uchun Hay’at saylandi (ro’yxati ilova qilinadi) va yig’ilish kun tartibi, reglamenti tasdiqlandi. 

Ishtirokchilar taklifiga ko’ra kun tartibidagi masalalar bo’yicha ma’ruzalar eshitildi va masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan.

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Hay’at a’zosi, Jizzax viloyat hokimi Uzakov Ulug’bek Yuldashevich ma’ruza qildi.

Ma’ruzachiga savollar bo’lmadi.

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan 2 nafar ishtirokchi so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmonining mazmun-mohiyati va uning ijrosini ta’minlash bo’yicha mahalla fuqarolar yig’inlari va tegishli hamkor tashkilotlar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida o’z munosabatlarini bildirdi.

Ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, tashkiliy konferensiya

QAROR QILADI:

1. Jizzax viloyat hokimining ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan 1 nafar ishtirokchi muzokaralarda so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida o’z munosabatlarini bildirib, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashini tuzish hamda uning tarkibini tasdiqlash haqida taklif kiritdilar.

Ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, tashkiliy konferensiya

QAROR QILADI:

1. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi tuzilsin.

2. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyat kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan.

Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Ma’ruzachi tashkiliy yig’ilish ishtirokchilariga Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi Nizomi loyihasini o’qib eshittirdi.

Nizom loyihasi yig’ilish ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi va tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.

Ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, tashkiliy konferensiya

QAROR QILADI:

1. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi Nizomi loyihasi qo’llab-quvvatlansin.

2. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi Nizomi loyihasi bo’yicha fikr-mulohazalar umumlashtirilib, Respublika kengashi yig’ilishi muhokamasiga kiritilsin.

Kun tartibidagi to’rtinchi masala yuzasidan.

Kun tartibidagi 4-masala yuzasidan “Olmazor” mahalla fuqarolar yig’ini diniy ma’rifat va ma’naviy axloыiy tarbiya masalalari boyicha maslaxatchisi Nishonova Oftob Muratovna so’zga chiqib.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi PF-4944-sonli Farmoniga asosan yangi tuzilayotgan Jizzax viloyati kengashining Taftish komissiyasi tarkibi 3 kishidan iborat tarkib tuzish kerakligi, komissiya tarkibiga kiritiladigan nomzodlar to’g’risida gapirib, Taftish komissiyasi raisi va a’zolarini saylab olish lozimligi haqida gapirdi.

Ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, tashkiliy konferensiya

QAROR QILADI:

1. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyat kengashining 3 kishidan iborat Taftish komissiyasi tuzilsin.

2. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyat kengashi Taftish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan.

Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan Hay’at raisi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi ijro apparatining Namunaviy tuzilmasi va ijro apparati xodimlarining cheklangan soni belgilab qo’yilgan. Ekranda namoyish qilindi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi ijro apparatining tashkiliy tuzilmasi haqida fikr-mulohazalar tinglandi.

Raislik qiluvchi Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi ijro apparatining tashkiliy tuzilmasi bilan tanishtirdi va ushbu tuzilmani tasdiqlash haqida taklif kiritdi.

Ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, tashkiliy konferensiya

QAROR QILADI:

1. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi ijro apparatining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi ijro apparatining tashkiliy tuzilmasida belgilangan lavozimlarga har tomonlama munosib bo’lgan tashabbuskor, malakali xodimlarni tayinlash bo’yicha viloyat kengashiga takliflar kiritsin.

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan.

Kun tartibidagi 6-masala bo’yicha Raislik qiluvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4944-sonli Farmoniga asosan: 

– Jizzax viloyat hokimi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha viloyat kengashiga jamoatchilik asosida raislik qilishi;

– Jizzax viloyat kengashi raisining birinchi o’rinbosari bir vaqtning o’zida “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo’limiga raislik qilishi belgilanganligini ta’kidladi.

Shuningdek, kengash raisining yoshlar ishlari bo’yicha, diniy-ma’rifiy masalalar bo’yicha, keksalar va faxriylar ishlari bo’yicha o’rinbosari, Kengash kotibi lavozimlari kiritilganligi haqida so’z yuritdi.

Bundan tashqari, respublika kengashi tavsiyasiga asosan Kengash kotibi lavozimiga viloyat kengashi ijro apparatidagi tashkiliy-uslubiy sho’ba mudirini saylash tavsiya etilganligi haqida ta’kidladi.

U yuqorida qayd etilgan har bir lavozimga nomzodlarni tavsiya etdi va ularni tasdiqlash taklifini kiritdi.

Yig’ilish ishtirokchilarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, tashkiliy konferensiya

QAROR QILADI:

1. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashining rahbar lavozimlariga ko’rsatilgan quyidagi nomzodlar:

1) Uzakov Ulug’bek Yuldashevich – Kengash raisi, Jizzax viloyat hokimi, 

2) Sattarov Abdumajit Sattarovich – Kengash raisining birinchi o’rinbosari, “Mahalla” fondining hududiy bo’limi boshqaruvi raisi;

3) Pardayev Turg’un Burxonovich – Kengash raisining yoshlar ishlari o’rinbosari;

4) Usmonova Nigora Todjimurodovna – Kengash raisining diniy-ma’rifiy masalalar bo’yicha o’rinbosari;

5) Risqulov Uzaqboy O’ljaboyevich – Kengash raisining keksalar va faxriylar ishlari bo’yicha o’rinbosari;

6) Qarshiyev Nuroli Davurboyevich – Kengash ijro apparatining tashkiliy-uslubiy sho’ba mudiri, Kengash kotibi etib tasdiqlansin.

Kun tartibidagi yettinchi masala yuzasidan.

Kun tartibidagi 7-masala bo’yicha Hay’at raisi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashining ta’sis Konferensiyasiga delegatlar saylab olish taklifini kiritdi.

Yig’ilish raisi tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashining ta’sis Konferensiyasida ishtirok etish uchun Jizzax viloyatidan jami 18 nafar delegatni saylashni taklif qildi.

Mazkur masala yuzasidan Hay’at raisi tuman (shahar) kengashidan 

1 nafar, viloyat kengashidan 3 nafar, har bir tuman (shahar)dan 1 nafardan ishonchli vakillar (jami 18 nafar), shuningdek hududdagi fuqarolar yig’inlari jami sonining 0,7 foizi miqdorida – 2 nafar xodimlarni delegat sifatida ko’rsatishni taklif etdi.

Yig’ilish ishtirokchilaridan Zomin tumani G’.G’ulom mahalla fuqarolar yig’ini diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslaxatchisi Xaydarova Mavluda Ma’rufovnaning delegatlikka nomzodlar haqidagi fikr-mulohazalari tinglandi.

Ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, tashkiliy konferensiya

QAROR QILADI:

1. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashining ta’sis Konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlar ro’yxati 4-ilovaga muvofiq tarkibda saylansin.

2. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashining ta’sis Konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlarga muhokamaga qo’yilgan masalalar bo’yicha ovoz berish vakolati berilsin.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala yuzasidan.

Kun tartibidagi 8-masala bo’yicha muhokamaga o’tamiz.

Hududiy kengashlar qoshida jamoatchilik nazorati guruhlarini tashkil etish, ushbu masala yuzasidan so’z fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi qoshidagi Jamoatchilik nazorati guruhi rahbari, viloyat hokimi o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi To’rayeva Gulnora Mamadaliyevna so’zga chiqib viloyat jamoatchilik gurihini tashkil etish bo’yicha taklif kiritdi.

Ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, tashkiliy konferensiya

QAROR QILADI:

1. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyati kengashi qoshidagi jamoatchilik nazorati guruhi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kun tartibidagi to’qqizinchi masala yuzasidan.

Kun tartibidagi 9-masala shahar va tumanlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sharoiti og’ir bo’lgan mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo’yicha “yo’l xaritasi” tayyorlangan va Sizlarga tarqatilgan. Shahar va tumanlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sharoiti og’ir bo’lgan mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo’yicha “yo’l xaritasi”ni tasdiqlash taklifi kiritdi.

Ushbu masala atroflicha muhokama qilinib, tashkiliy konferensiya

QAROR QILADI:

1. Shahar va tumanlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sharoiti og’ir bo’lgan mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo’yicha “yo’l xaritasi”ni 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Yig’ilish kun tartibidagi barcha masalalar ko’rib chiqildi va qarorlar qabul qilindi.

Yig’ilish Hay’ati raisi: U.Uzakov

Yig’ilishga raislik qiluvchi: S.Umirzaqov 

Yig’ilish Hay’ati a’zosi, yig’ilish kotibi: Sh.Abduraxmonova 

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech