Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Dec 2017

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi «Shahrixonsoy» yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar noan’anaviy tarzda boshlandi.

Mahallaning Guldiyor, So‘lim, Oydinbuloq va Kamalak ko‘chalari boshliqlari dastlab aholi gavjum joylardagi vaziyat bilan yaqindan tanishishdi. Ulardan birinchisi paxtani qayta ishlash zavodi atrofidagi umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalari bo‘ldi. Yopiq mini futbol maydoni, yoshlar to‘planadigan xiyobon va guzar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Shundan so‘ng 19-umumta’lim maktabida mashg‘ulotlar boshlandi. Unda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi mutaxassislarining ma’ruzalarida aniqlangan kamchiliklar tahlil qilindi. Bundan tashqari, faoliyatni tashkil etishda mahalla faollari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

— Mahallamizda sakkiz yuz nafardan ziyod voyaga yetmagan o‘smirlar bor, — deydi fuqarolar yig‘inining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbari Umidjon Umarov. — Shukrki, uch yildan buyon ular o‘rtasida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmadi. Sababi, har o‘n nafar o‘smirga bitta ziyoli yoki nuroniy ma’naviy homiy sifatida biriktirilgan.

«Shahrixonsoy»da bu boradagi ishlarni tashkil etishda hayotiy tajribaga ega nuroniylar bilan bamaslahat ish ko‘riladi.

Mashg‘ulotlarda yig‘inning mazkur tajribasi e’tirof etilib, keng miqyosda ommalashtirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi «Yunus ota» mahallasida o‘tgan seminarda «Mahallamizni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantiramiz!» degan ezgu shior ilgari surildi.

— Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida yig‘inimizda doimiy ish bilan ta’minlanmagan, ichkilikka ruju qo‘ygan fuqarolar bilan alohida suhbat o‘tkazyapmiz, — deydi mahalla raisi Abdurashid Samig‘ov. — Bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda ularni ishga joylash choralarini ko‘rayotirmiz.

Seminarda uyma-uy yurib olib borilayotgan o‘rganishlar ijobiy natija berayotgani, bu orqali talay muammolar aniqlanib hal etilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, mashg‘ulotlarda har payshanba kuni o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari doirasida keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borish, bunda uyushmagan yoshlarni qiziqtirayotgan masalalar, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar hududdagi barqarorlikni ta’minlash, aholi orasida huquqiy madaniyatni oshirishda qo‘l keladi.


Manba: A.Abdullayev / Ko'rishlar: 94

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech